1

Chet elliklar uchun Toshkent propiskasi ikki barobar «arzonlashdi»

Jamiyat 16.01.2018, 14:26
Chet elliklar uchun Toshkent propiskasi ikki barobar «arzonlashdi»

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan hamda respublikaning boshqa hududlarida doimiy ro`yxatdan o`tmagan shaxslar poytaxt va poytaxt hududidan qiymati 600 mln so`mdan kam bo`lmagan yangi qurilgan ko`chmas mol-mulkni sotib olish huquqiga ega bo`ldi. Bu Adliya vazirining 15 yanvardagi "Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to`g`risidagi yo`riqnomaga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida"gi buyrug`ida belgilandi.

Norma.uz xabariga ko`ra, ilgari ushbu miqdor 150 ming AQSh dollarini tashkil qilardi.

Shuningdek, bunday oldi-sotdilarni notarial tasdiqlash uchun davlat boji minimal qiymati ham pasayadi (oldi-sotdi summasining 10 foizi).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1