AsosiyDunyo

O`zini haqoratlangan his qilgan britaniyalik qiz 114 kilogrammga ozdi

'O`zini haqoratlangan his qilgan britaniyalik qiz 114 kilogrammga ozdi'ning rasmi

Vazni 190 kilogramm bo`lgan qiz oila qurish, farzand ko`rish, doimiy mazaxlardan qutulish uchun 114 kilogrammga ozdi, deb xabar qildi Lenta.ru nashri.

Britaniyalik 27 yoshli Emi Merfi (Amy Murphy) ochko`zligi tufayli haddan ortiq semirib ketgandi. U bunday vazn bilan farzand ko`ra olmasligini angladi. “ Men oila qurishni, farzand ko`rishni judayam orzu qilaman. Biroq bunday vazn bilan orzuimga erishishim mumkin emasligini anglagach, ozishga qaror qildim”, dedi u. Qizning so`zlariga qaraganda, u semiz bo`lishiga qaramay, salomatligi joyida bo`lgan.

Merfi Xitoy taomlarini sevib tanovul qilgan. U jamoat joylarida sevgan taomlarini istgancha iste`mol qila olmagan. Uning mechkayligi uchun odamlar masxara qilib, ustidan kulgan. Qiz operasiya qildirishga qaror qilgandan so`ng, operasiyadan 45 daqiqa ilgari ham avtobusda ketayotganda semizligi tufayli odamlar uni masxara qilgan.

Operasiyada Merfining oshqozoni kichraytirildi. Jarrohlik operasiyasidan keyin u haftasiga besh marotaba trenajyor zaliga qatnay boshladi, parhezga rioya qildi. Shunday qilib u 114 kilogrammga ozishga muvaffaq bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar