AsosiyDunyo

Amerikalik ayol 13 nafar farzandini qamab, zanjirda saqladi

'Amerikalik ayol 13 nafar farzandini qamab, zanjirda saqladi'ning rasmi

Amerikaning Kaliforniya shtatida 2 yoshdan 29 yoshgacha bo`lgan 13 nafar farzandini qamab, zanjirda saqlagan, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, oilaning 17 yoshli qizi qutqaruv xizmatiga qo`ng`iroq qilishga muvaffaq bo`lgan. U ota-onasi 12 nafar uka va singillarini uy qamog`ida asrayotganligini ma`lum qilgan. Huquq-tartibot idorasi xodimlari 49 yoshli Anna Luiza va 57 yoshli Devid Allen Turpinlarni o`z uylarida qo`lga oldi.

Haqiqatan ham ularning uyidan qo`llansa hidli xonadan qo`llari karavotga zanjirlangan yuolalar topildi. Nima uchun ularni ota-onasi bunday ahvolga solgani so`ralganda bolalar tayinli javob berolmadi. 13 nafar bolaning 7 nafari 18 yoshdan 29 yoshgacha bo`lib, ular och-nahor saqlanganidan holdan toygan edi.

Barcha jabrlangan bolalar kasalxonaga yotqizildi. Ularning qancha vaqt zanjirda saqlanganiga aniqlik kiritilmoqda. So`roq qilingan qo`shnilar mazkur voqeadan bexabarligini bildirishgan. Faqatgina so`nggi bir necha yil mobaynida mazkur oilaning iqtisodiy qiyinchilikda yashaganligini ma`lum qilishgan.

    Boshqa yangiliklar