16 yanvar kuni O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi binosida tashkilotga yangi prezident saylandi, deb xabar berdi «olamsport.com».
O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etgan yig`ilishda Alisher Sultonov boshqa ishga o`tgani munosabati bilan MOQning yangi prezidenti sifatida O`FF prezidenti Umid Ahmadjonov saylangan.
Bosh kotib Oybek Qosimovning o`rniga Jasur Matchanov bosh kotib etib tayinlandi.
MOQning vise-prezidentlari sifatida Murod Azimov, Alisher Sultonov, Oybek Qosimov va Salim Abduvaliev tanishtirilgan.






