Engilmas va nokautchi bokschimiz Shohjahon Ergashev (12-0, 12 KOs) 19 yanvar kuni Moskvadan Toshkentga qaytib keladi, deb xabar berdi «olamsport.com».
Ayni paytda u Rossiya Federasiyasi poytaxtida bo`lib turibdi. Ergashev bir necha kun ona shahri Qo`qonda bo`lganidan so`ng yana AQShga jo`nab ketadi. Oldinda hamyurtimizni yanada jiddiy janglar kutib turibdi.
Eslatib o`tamiz, Shohjahon Ergashev prof ringdagi 12-jangini AQShning Nyu-York shahridagi Turning Stone Resort Casino arenasida o`tkazib, o`zi singari mag`lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amerikalik Soni Fredrikson (19-1, 12 KOs)ni uchinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.






