Yuzlab yigit-qizlarimiz Evropa, Osiyo, Amerika qit`asidagi rivojlangan davlatlarning nufuzli ta`lim muassasalarida bilim olmoqda. Bu quvonarli, albatta. Biroq O`zbekistondagi oliy o`quv yurtlarida-chi? Chet ellik yoshlar bizning institut va universitetlarimizda ham o`qishadimi?
O`zbekiston Respublikasi davlat statistik qo`mitasining rasmiy saytida bu savolga oydinlik kiritiladi.
2017/2018 o`quv yilida xorijiy davlatlardan kelgan 276 nafar yigit-qiz talabalikka qabul qilingan bo`lib, ushbu ko`rsatkich o`tgan yilga nisbatan 126 nafarga (84 foizga) ko`paygan. Ularning asosiy qismini Mustaqil davlatlar hamdo`stligi mamlakatlari, xususan Turkmaniston (120 nafar), Rossiya (56 nafar), Qozog`iston (42 nafar) yoshlari tashkil etadi.







