Kuni kecha xonanda Munisa Rizaeva to`ylarga qancha pul evaziga chiqishi haqida so`z ochdi...
Munisa Rizaeva: — To`ylarga 600 dollar evaziga boraman. Lekin buning hammasi o`zimga qoladi, deb o`ylash hato! Har bir xizmatga kirib chiqqanimda, o`zim uchun 150 dollargina olib qolaman. Chunki, jamoamda o`n kishi ishlaydi, ularni xizmat haqqi bor. Qo`shiq yozilgunicha, klip efirga ketgunicha kadr ortida qoladigan qanchadan qancha xarajatlar mavjud. Shularni hammasini ana shu to`ylarning hisobiga qoplayapman. Bilasizmi, “Shou biznesni tadbirkorlikka aylantirib boyishyapti” deganlarga bir gapni aytib o`tmoqchiman. Ishonsangiz, olti yil ichida bitta uy ham sotib ololmadim. San`atkorga har kuni bayram, deb o`ylashadi. Yo`q! Sutkalab uxlamaymiz. Shu qiyinchiliklarda bir kun yashagan inson “mashhurlik mazzada” degan gaplar yolg`onligini his etishadi.