AsosiyJamiyat

O`zbekistonning Birinchi Prezidentiga nega Islom deb ism qo`yishgan?

'O`zbekistonning Birinchi Prezidentiga nega Islom deb ism qo`yishgan?'ning rasmi

Samarqand shahridagi "Dahbediy" mahallasi raisi O. Rahmatovning so`zlab berishicha:

— 1938 yili, Birinchi Prezidentimiz dunyoga kelgan paytda mafkuraviy kurash avjiga chiqqan, shu bois ham yangi tug`ilgan farzandga Islom deya ism berish o`ziga xos jasorat edi. Yurtni qatag`on olovi o`z domiga olgan o`sha yillarda musulmoncha ism qo`yish u yoqda tursin, din borasida gap ochish ham xatarli edi. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, 1938 yili viloyatda 1694 nafar o`g`il chaqaloq tug`ilgan bo`lib, ularning faqat bittasiga Islom ismi berilgan. Bu esa sakkiz nafar o`g`il-qizini mehr-muhabbat va g`amxo`rlik bilan voyaga etkazgan, farzandlari o`z yo`lini topishi va unda sobit bo`lishida suyanch bo`lgan Abdug`ani aka va Sanobar ayaning qat`iyatu jasoratidan dalolat beradi.

    Boshqa yangiliklar