O`zbekistonda yangi tahrirdagi Milliy xavfsizlik konsepsiyasi tayyorlanmoqda

Siyosat 19.01.2018, 09:40
O`zbekistonda yangi tahrirdagi Milliy xavfsizlik konsepsiyasi tayyorlanmoqda

O`zbekistonda joriy yili yangi tahridagi Milliy xavfsizlik konsepsiyasi tayyorlanadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev ma`lum qildi, deya xabar beradi «Gazeta.uz».

Safoevga ko`ra, konsepsiya mamlakatda vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan tashqi va ichki tahdidlarga munosabatga yangicha yondoshuvlarni o`zida aks ettiradi. Hujjatda, oldinroq qabul qilingan yangi mudofaa doktrinasi kabi, xalqaro vaziyat va milliy xafsizlikka tahdidlardagi o`zgarishlar inobatga olinadi.

Amaldagi «O`zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik konsepsiyasi to`g`risida»gi qonun 1997 yilda qabul qilingandi. Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish 2018 yilgi Davlat dasturi loyihasida ham ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1