FIFAning yangi e`lon qilgan reytingi ro`yxatida O`zbekiston terma jamoasi bir pog`ona tepaga ko`tarildi.
Unga ko`ra, reytingda O`zbekiston terma jamoasi BAA terma jamoasining bir yo`la besh pog`ona pastlab 78-o`ringa tushib ketgani uchun, bir pog`onaga ko`tarilib, 441 ochko bilan 77-o`ringa joylashdi. Shunga qaramay, Osiyo mamlakatlari tasnifida olib qaraganda, O`zbekiston 9-o`ringa sho`ng`igan.
Kuchli o`ntalikda o`zgarish yuz bermadi. Nemislar hamon dunyoning birinchi raqamli terma jamoasi bo`lib turibdi. Keyingi o`rinlar Braziliya, Portugaliya, Argentina, Belgiya, Ispaniya, Polsha, Shveysariya, Fransiya va Chiliga tegishli.






