Prezident innovasion pillaxona bilan tanishdi

Siyosat 19.01.2018, 13:58
Prezident innovasion pillaxona bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Surxondaryo viloyatiga tashrifini Termiz tumanidagi «Inter Silk Pro» qo`shma korxonasiga qarashli pillaxona bilan tanishishdan boshladi, deb xabar berdi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.

Bu erda Xitoy texnologiyasi asosida innovasion usulda pilla etishtirilib, qayta ishlash tarmoqlariga etkazib berilmoqda.

Shu erning o`zida viloyatda qishloq xo`jaligini rivojlantirish, issiqxonalar, anorzorlar, yong`oqzorlar, intensiv bog` va tokzorlar, kovrak va pista plantasiyalari, baliqchilik va parrandachilik komplekslari tashkil etish, er o`lchashda uchuvchisiz aviasiya tizimidan foydalanish kabi loyihalar taqdimoti o`tkazildi.

Davlatimiz rahbari mazkur loyihalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1