1

Cho`kib ketgan kema ichida 293 kishi qolib ketgan bo`lishi mumkin (yangilandi)

Dunyo 16.04.2014, 16:18
Cho`kib ketgan kema ichida 293 kishi qolib ketgan bo`lishi mumkin (yangilandi)

Janubiy Koreya sohillarida halokatga uchragan kemadan 338 nafar yo`lovchi qutqarib olindi. Bu haqda Reyter axborot agentligi xabar bermoqda.

ITAR-TASS axborot agentligining xabar qilishicha, kema bortida 450 nafar yo`lovchi hamda ekipaj a`zolari bo`lgan. Hozirda qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Yo`lovchilardan 320 nafari maktab o`quvchilaridir. Ular Chejudo oroliga sayyohat uchun yo`l olishgan edi.  Sohil qo`riqlash xizmati odamlarni qutqarish uchun voqea joyiga vertolyot hamda patrul katerlarini yuborgan.

Kema Inchxon portini seshanba kuni tark etgan va bugun Chejudo oroliga kelishi kerak edi. Yo`lovchi kema mahalliy vaqt bilan 08:58 da halokat haqida signal jo`natgan. Hozirda kema Penpundo orolidan 20 km uzoqlikda bo`lib turibdi.

10:00. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Janubiy Koreya respublikasi prezidenti Pak Kin Xe barcha kuch va vositalarni halokatga uchragan kema yo`lovchilari va ekipaj a`zolarini qutqarishga jalb qilishni buyurdi. Renxap nashrining xabar berishicha, hozirga kelib voqea joyida bir kishining jasadi topilgan.

11:10. RIA axborot agentligining xabar qilishicha, halokatga uchragan kemaning 370 nafar yo`lovchisi qutqarilgan,  3 kishining jasadi topilgan, 107 kishining taqdiri esa noma`lumligicha qolmoqda.

12:38. Janubiy Koreya hukumati kema ichida yo`lovchilar qolib ketgan bo`lishi mumkinligidan havotirda, deya yozadi RIA axborot agentligi.  

Hozirgi vaqtga kelib, kemadan 368 kishi, shu qatorda 324 nafar maktab o`quvchisi va 14 nafar o`qituvchi qutqarib olindi. Qolgan 109 kishining taqdiri noma`lum. Renxap axborot agentligi 2 kishi halok bo`lgani haqida xabar bergan, Sky News telekanali esa 3 kishi halok bo`lganini aytmoqda. 

KBS telekanalining xabar qilshicha, kema suv osti qoyalari bilan to`qnashib ketgan bo`lishi mumkin. 

16:05. Halokatga uchragan kemaning bedarak yo`qolgan yo`lovchilari soni avval xabar berilganidan ko`proq bo`lib chiqdi. 
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, qutqaruvchilar  368 emas, balki faqat 164 kishi qutqarib olingan. Bedarak yo`qolganlar soni esa 109 emas, balki 293 kishini tashkil etmoqda. Kema bortida umumiy 459 nafar yo`lovchi hamda ekipaj a`zolari bo`lgan. Ulardan 324 nafari sayyohatga chiqqan maktab o`quvchilaridir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1