1

Kristalina Georgieva: O`zbekiston kelajagiga ishonaman

Siyosat 19.01.2018, 15:49
Kristalina Georgieva: O`zbekiston kelajagiga ishonaman

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 18 yanvar kuni Jahon banki bosh ijrochi direktori Kristalina Georgieva boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Kristalina Georgieva davlatimiz rahbari bilan muloqotdan so`ng O`zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va o`zaro hamkorlik istiqbollari haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O`zbekistonga mamlakatni o`zgartirishga siyosiy irodasi kuchli inson rahbarlik qilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoev rivojlanish istiqbolini ko`ra bilish qobiliyatiga ega. O`ylangan barcha maqsadlarga erishishga qalb bilan yondashadi.

O`zbekistonda valyuta kursini liberallashtirishga oid siyosat to`g`ri tanlangani amalda o`z isbotini topmoqda. Biznes vakillari bu iqtisodiyot va savdoni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar ochayotganini ta`kidlamoqda.

O`zbekiston Prezidentining maqsadi aholining imkoniyatlari, iste`dodini ro`yobga chiqarish imkonini beradigan islohotlarni amalga oshirishdan iborat. Ya`ni, odamlar hayotning turli sohalarida o`z salohiyatlarini to`la namoyon etsin. O`zgarishlarga qaratilgan yuksalish juda muhimdir. Yakuniga etgan yil esa mamlakatda jiddiy o`zgarishlar davri bo`ldi.

Jahon banki O`zbekistondagi faoliyatini salmoqli darajada kengaytirishga tayyor. Biz mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar jiddiy ekaniga ishonamiz va ularni qo`llab-quvvatlashga tayyormiz. Dunyoda raqobatbardosh bo`lish oson emas, lekin xalq jipslashsa, siyosiy iroda va kelajakka ishonch bo`lsa, bunga erishish mumkin. Men O`zbekistonga jahonning eng ilg`or davlatlari orasida bo`lishini chin dildan tilayman.

O`zbekiston Jahon bankining “Biznes yuritish – 2018” (Doing Business 2018) reytingida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida jahonning etakchi o`nta mamlakati qatoriga kirdi. Mamlakat yuksaldi. Bu o`zgarishlar ruhini ifodalaydigan yaxshi ko`rsatkichdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1