1

Shavkat Mirziyoev Angor tumanida bo`ldi

Siyosat 20.01.2018, 08:47
Shavkat Mirziyoev Angor tumanida bo`ldi

Prezidentimiz Angor tumanidagi “Bio texno eko” mas`uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Zavod Termiz shahri, Termiz va Angor tumanlaridan chiqindilarni yig`ish, saralash, qayta ishlash hamda ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Bir yilda 182 ming tonnadan ortiq chiqindini qayta ishlash orqali bu erda polietilen quvurlar, shishadan mozaika va plitkalar, yog`ochdan yoqilg`i briketlari, qog`oz chiqindisidan karton va qog`ozlar, oziq-ovqat chiqindisidan biogaz hamda biogumus ishlab chiqariladi. Korxona joriy oy oxirida ish bolashi rejalashtirilmoqda. Ayni paytda 150 kishi ishga qabul qilingan. Zavod to`liq ishlagach yana 250 kishi ish bilan ta`minlanadi.

Shu erning o`zida gidroenergiteka, transport, ko`mir sanoati va boshqa sohalarni rivojlantirish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, bo`sh turgan ob`ektlardan samarali foydalanish loyihalari taqdimoti ham o`tkazildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1