1

Hamdardlik

Siyosat 20.01.2018, 10:31
Hamdardlik

Qozog`iston Respublikasining Aktyubinsk viloyatida 2018 yil 18 yanvar kuni sodir bo`lgan fojia oqibatida O`zbekiston Respublikasi fuqarolari halok bo`lgani munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlari nomidan hamdardlik maktublari kelmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev nomiga Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani, Vengriya Prezidenti Ader Yanosh, Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zeman tomonidan yo`llangan samimiy hamdardlik va qo`llab-quvvatlash so`zlari bitilgan maktublar keldi.

Xorijiy davlatlar rahbarlari o`z maktublarida O`zbekiston fuqarolari halok bo`lgani haqidagi xabar ularni chuqur qayg`uga solganini ta`kidlagan. Sodir bo`lgan fojia munosabati bilan ular O`zbekiston Prezidenti, halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlari, butun xalqimizga chuqur hamdardlik izhor etgan.

Hamdardlik nomalari kelishi davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1