AsosiySport

«Real» Ispaniya Kubogi sohibi! (VIDEO)

Valensiyadagi «Mistalya» stadionida Ispaniya kubogi final uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Ushbu “El-klassiko”da “Real” klubining qo`li baland keldi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda “Real” futbolchilari o`zlarining azaliy raqibi “Barselona” klubi ustidan 2:1 hisobida g`alaba qozonishdi.   Uchrashuvning 11-daqiqasida Di Mariya hisobni ochgan bo`lsa, 68-daqiqada Bartra hisobni tenglashtirdi – 1:1. Shundan so`ng, jamoalar ketma-ket hujumlar bilan almashishdi. O`yinning 85-daqiqasida esa tinib tinchimas Garet Beyl maydon markazidan qanot bo`ylab jarima maydonchasiga kirib, to`pni darvozaga joylab qo`ydi hamda jamoasiga g`alaba keltirdi.

Barselona – Real Madrid 1:2 (0:1, 1:1) 
Gollar: 0:1 – 11 Di Mariya, 1:1 – 68 Bartra, 1:2 – 85 Beyl. 

    Boshqa yangiliklar