1

San`atkorlar bilan samimiy suhbat

Siyosat 20.01.2018, 15:39
San`atkorlar bilan samimiy suhbat

Prezident Shavkat Mirziyoev Termiz shahrida yangi barpo etilgan muhtasham San`at saroyi va amfiteatrda yaratilgan sharoitlarni ko`zdan kechirdi.

700 o`rinli San`at saroyi hamda 3 ming o`ringa mo`ljallangan amfiteatrda zamonaviy qulayliklar yaratmlgan. Xorijdan ovoz yozish hamda sozlash, yoritish tizimi uskunalari, monitorlar keltirib o`rnatildi. Xorijlik mehmonlarga to`g`ridan-to`g`ri tarjima qilib berish uchun kabinalar, san`atkor va aktyorlar xonalari maxsus jihozlar bilan ta`minlandi.

Hududi 32,5 gektar bo`lgan maskanning atrofi obodonlashtirilib, ko`kalamzorlashtirildi. Musiqali favvora qurildi.

Davlatimiz rahbari bu erda poytaxtimiz tetrlari bilan hamkorlikda mahorat darslari o`tkazish, spektakllar qo`yish, xususan, davlat buyurtmasi asosida Iso at-Termiziy va Alpomish haqida asarlar yaratish zarurligini ta`kidladi. Teatr ijodkorlari uchun ko`p qavatli uy bunyod etish bo`yicha topshiriqlar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1