AsosiyShou-biznes

“O`zbeknavo” san`atkorlarning ma`murlariga majlislarga daftar va ruchka bilan kelish talabini qo`ydi

“O`zbeknavo” estrada birlashmasi yangi rahbar tayinlangandan so`ng ilk majlisini ma`murlar bilan o`tkazdi.

Bunga sabab juda mashxur va ko`plab to`ylar usiz o`tmaydigan judayam hurmatli xonandalarimiz nomidan ma`muri to`ylarga va`da berib qo`yib, u xonandaning o`zini xabari bo`lmay, o`sha to`yga kelmasdan, bir ikki xafta keyingina pullarni qaytarish hollari sababli bo`ldi. Aynan shunday shikoyatlar sabab, birinchi yig`ilish ma`murlar bilan o`tkazildi. Bu haqda “O`zbeknavo” mas`ul xodimi  Odiljon Abduqaxxorov Sayyod.uz nashriga bergan eksklyuziv intervyusida ma`lum qildi.

“Bunday majlisni o`tkazishdan maqsad ma`murlarni va ular orqali estrada xonandalarini ham tartibga chaqirishdan iborat bo`ldi. Hammasiga ma`murlar mas`ul xisoblanadi. Ushbu majlisga kelishdan avval ma`murlarga “O`zbeknavo” estrada birlashmasiga bundan keyin qo`lda daftar va ruchka bilan kelish talabi qo`yildi” – deb yozadi nashr. 

“Nima uchun ma`murlar to`y uchun daftar tutishadiyu, “O`zbeknavo”ga kelishganida daftar ruchka tutishmaydi? “O`zbeknavo” ularni shunchaki gaplashib o`tirgani chaqirmaydiku. Qo`yilgan vazifalar bo`ladi, ularni bajarish maqsadida, ular yozib olishi kerakku. Majlisda esda qolgani qolgan, to`y desa esa daftarini ko`tarib keladi. Fikrimcha, ma`murlar shu talabdan shokka tushgan bo`lishi mumkin” – deydi “O`zbeknavo” xodimi.

    Boshqa yangiliklar