“Sevol” halokatga uchragan vaqt kapitan rulda bo`lmagan

Dunyo 18.04.2014, 10:49
“Sevol” halokatga uchragan vaqt kapitan rulda bo`lmagan

Janubiy Koreya sohillarida cho`kib ketgan “Sevol” kemasining tergov ishlari bilan shug`ullanayotgan mutaxassislar kema halokatga uchragan vaqt boshqaruv rulida kapitanning uchinchi  yordamchisi bo`lganini aniqlashdi, deya xabar beradi Frans Press nashri. 

“Halokat vaqtida kemani kapitanning uchinchi yordamchisi boshqargan. Halokat sodir bo`lgan payt kapitan kemani boshqarmagan”, - deydi tergov vakillaridan biri Park Je-Eok. 
Uning so`zlariga ko`ra, kapitan boshqaruv xonasining orqa tomonida bo`lgan. 
Avvalroq, cho`kayotgan kemani birinchilardan bo`lib tark etgan 69 yoshli kapitan Li Jun Sok halokat qurboni bo`lganlar va bedarak yo`qolgan yo`lovchilar oila a`zolaridan uzr so`ragan edi. 

U halokat chog`ida kemani kim boshqargani, kema cho`kishiga nima  sabab bo`lgani va nima sababdan bolalarga halokat vaqtida o`z joylarida qolish so`ralgani haqidagi savollarga javob bermadi.  

Bortida maktab o`quvchilari bo`lgan “Sevol” yo`lovchi kemasi chorshanba kuni halokatga uchradi. “Renxap” axborot agentligining xabar qilishicha, juma kunga kelib 475 nafar yo`lovchidan halok bo`lganlar soni 25 kishi, bedarak yo`qolganlar soni esa 271 nafar ekanligi tasdiqlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1