Vashington shahrida amaliy tashrif bilan bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Kongressi kutubxonasida o`tkazilgan brifingda nutq so`zladi.
Brifing Shavkat Mirziyoev prezidentligining dastlabki yili yakunlariga hamda mamlakatni 2018 va keyingi yillarda rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlariga bag`ishlandi. Bu haqda TIV xabar tarqatdi.
O`zbekistonning AQShdagi elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, tadbirda Kongress a`zolari, AQSh ma`muriyati vakillari, ekspertlik, ishbilarmon va jamoatchilik doiralari, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi hamda Vashington shahrida joylashgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.
Vazir yig`ilganlarni Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan o`z lavozimidagi birinchi yilida taklif etilgan va amalga oshirilgan keng ko`lamli o`zgarishlar hamda istiqboldagi rejalar to`g`risida xabardor qildi. Qatnashchilarga davlat rahbarining O`zbekiston Oliy Majlisga murojaatnomasining asosiy mazmuni tushuntirildi. Respublika hayotining barcha jabhalaridagi islohotlar “inson manfaatlari hamma narsadan ulug`” degan aniq va sodda tamoyil asosida amalga oshirilayotgani ta`kidlandi. O`tgan vaqt mobaynida erishilgan yutuqlar O`zbekistonni tubdan o`zgartirdi, “mamlakatga yangi ko`rinish baxsh etdi”.
Brifing ishtirokchlari oldida Kongress Vakillar palatasining Evrova, Evrosiyo va vujudga kelayotgan tahdidlar bo`yicha kichik qo`mitasi raisi Dana Rorabaxer tabrik nutqi bilan chiqish qildi. U O`zbekistonda o`tkazilayotgan islohotlarning natijalariga yuqori baho berdi. “Mamlakatingiz kelajagi borasida men hech qachon bugungidek kuchli ishochni his qilmaganman”, — dedi kongressmen. Chet el investorlariga yaratilayotgan keng imkoniyatlar va katta miqyosdagi iqtisodiy o`zgarishlar AQSh bilan hamkorlik eshiklarini ochadi. U Vashington Toshkent bilan yaqinlashish borasida tutgan yo`lini davom ettirishi kerakligini qayd etdi, zero “O`zbekiston mintaqadagi o`zining etakchilik pozisiyasini mustahkamlamoqda va xalqaro maydondagi sezilarli ishtirokchiga aylanmoqda”, — deb ta`kidladi.
Brifing ishtirokchilari O`zbekistonda yuz berayotgan ijobiy o`zgarishlarning keng ko`lamliligi va teranligini e`tirof etishdi. Iqtisodiyotni liberallashtirish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi islohotlar hamda milliy valyutaning to`liq konvertatsiya qilinishiga o`tilishi alohida qayd etildi. AQSh etakchi kompaniya va ishlab chiqaruvchilarining vakillari qatoridagi tadbir mehmonlari so`nggi yildagi Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligi ostida ko`rilgan choralar O`zbekistonning investision jozibadorligini sezilarli mustahkamlashga imkon bergani, mamlakatda xorijiy biznes uchun qulay sharoitlar yaratilayotgani, chet el investorlarining huquqlari kafolatlanganiga to`xtalib o`tishdi.
AQShning siyosatni shakllantiruvchi doiralari vakillari tomonidan o`tgan yil davomida parlament va davlat hokimiyati mahalliy vakillik organlari rolining kuchayganligiga e`tibor qaratildi. Davlat rahbari har bir majlisda qonun yaratuvchilarni faollikka chaqirishi, Prezidentning dekabr oyidagi Oliy Majlisga murojaatnomasi esa mazmunan “o`zbek parlamentarizmi uchun tarixiy hodisa” bo`lganligi ta`kidlandi.
Brifingda qatnashgan AQSh jamoatchilik va nohukumat doiralarining vakillari O`zbekiston Shavkat Mirziyoev rahbarligi ostidagi bir yil ichida demokratiya asoslarini mustahkamlash borasida salmoqli yutuqlarni qo`lga kiritganini e`tirof etishdi. Bugun mamlakatda mintaqada o`xshashi bo`lmagan fuqarolarning davlat idoralariga murojaatlari bilan ishlash tizimi hamma joyda ochilgan “xalq qabulxonalari” hisobiga muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsatib kelmoqda.
Brifingda ishtirok etgan AQSh jamoatchilik va nohukumat doiralari vakillari tomonidan Shavkat Mirziyoev rahbarligida O`zbekiston bir yil ichida demokratiya poydevorini mustahkamlash borasida ulkan yutuqlarga erishganiga urg`u berildi. Bugungi kunda mamlakatning barcha hududlarida tashkil etilgan “xalq qabulxonalari” orqali fuqarolarning davlat boshqaruvi organlariga murojaatlarining mintaqada yagona tizimi amal qilmoqda.
Tadbirda ma`ruza qilgan ekspertlar tomonidan qayd etilganidek, o`tgan yil davomida O`zbekistonda davlat tashkilotlari o`rtasidagi ta`sir muvozanatini saqlashtizimi samaradorligi sezilarli darajada mustahkamlandi va bu Hukumat faoliyati shaffofligini o`sishida aks etdi. Sog`lom iqtisodiy muhitni shakllantirishga imkon bermayotgan ma`muriy to`siqlarni, xususan soliq va huquq-tartibot organlari tomonidan tadbirkorlikni to`satdan tekshirish amaliyotini tugatish evaziga milliy iqtisodiyotnini “bozor yo`liga” olib o`tish bo`yicha davlat rahbarining sa`y-harakatlari qayd etildi.
O`zbekiston rahbariyati tomonidan mintaqa ichida hamkorlikni o`rnatishga qaratilgan chora-tadbirlari mehmonlarda alohida qiziqish uyg`otdi. Bu kabi sa`y-harakatlar mamlakatning haqiqattan ham “Markaziy Osiyoning yuragi” bo`lib, mintaqada yangi muloqotni o`rnatishda muhim o`rin egallashga tayyor ekanligi ta`kidlandi. Toshkentning qat`iy diplomatik qadamlari mintaqadagi keskinliklar darajasini sezilarli darajada pasaytirdi va ko`plab jiddiy masalalar bo`yicha konstruktiv muloqotga qaytish imkonini berdi.
Tadbir o`tkazilgan Kongress kutubxonasi shu turdagi muassasalar orasida dunyodagi eng yiriklaridan biri va AQSh qonun chiqaruvchisi tizimiga kiruvchi eng qadimiy madaniy-ma`rifiy institut hisoblanadi. Uning zaxirasida 164 million nusxadan ortiq kutubxona fondi mavjud. U Kongress tadqiqot instituti sifatida xizmat qiladi. Kongress a`zolari va senatorlar, shuningdek, AQShning barcha davlat idoralariga xizmat qiladi. Har yili ushbu kutubxonaning 18 ta o`qish zaliga 1,7 milliondan ziyod mehmon tashrif buyuradi. Bu erda dunyoning 420 tillaridagi kitob fondi nusxalari, shuningdek, mamlakatimizning boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi o`zbek tilidagi kitoblar to`plami, fotosuratlar va qo`lyozmalar saqlanadi.