1

O`zbekistonda Saylov kodeksi ishlab chiqiladi

Siyosat 23.01.2018, 12:21
O`zbekistonda Saylov kodeksi ishlab chiqiladi

Davlat dasturiga asosan 2018 yil 1 iyulga qadar Saylov kodeksi ishlab chiqiladi.

Adliya vazirligining telegramdagi Huquqiy axborot kanalida ma`lumot berilishicha, kodeksda bugunga qadar tarqoq holda amal qilgan saylov to`g`risidagi qonun hujjatlarini xalqaro norma va standartlar talablaridan kelib chiqib unifikasiya qilish, saylov jarayoniga nisbatan yagona shaffof va samarali yondashuvlar nazarda tutiladi.

Shuningdek, Dasturga asosan saylovchilarining Yagona elektron ro`yxati axborot tizimini takomillashtiriladi.

Saylovchilarning turar (yashash) manzillari yagona bazasini yaratilib, uni ekspluatasiya qilish bo`yicha maxsus vakolatli organ belgilanadi.

Mamlakat siyosiy sahnasida sog`lom raqobatni ta`minlash maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidan O`zbekiston Ekologik harakati vakillari uchun belgilangan kvotani bekor qilish nazarda tutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1