1

Dori vositalari ishlab chiqarish va olib kirishni tartibga solish to`g`risidagi prezident qarori imzolandi

Siyosat 24.01.2018, 13:03
Dori vositalari ishlab chiqarish va olib kirishni tartibga solish to`g`risidagi prezident qarori imzolandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 23 yanvar kuni «Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O`zA saytida e`lon qilindi.

Unga ko`ra, korxonaning o`zi tomonidan tayyorlangan dorivor moddalar (substansiyalar) va butlovchi buyumlardan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish to`liq texnologik sikl bo`yicha dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish hisoblanadi.

Korxonaning o`zi tomonidan tayyorlanmagan dorivor moddalar (substansiyalar) va butlovchi buyumlardan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish to`liq bo`lmagan texnologik sikl bo`yicha dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish hisoblanadi.

Dori vositalari yoki tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun mo`ljallangan, O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida qadoqlash, iste`mol o`rami va markirovka qilishdan tashqari barcha texnologik bosqichlardan o`tgan har qanday qadoqlanmagan dori vositasi yoki tibbiyot buyumi «in bulk» mahsulot deb e`tirof etiladi.

Shuningdek, dori vositalari va tibbiyot buyumlari to`liq yoki to`liq bo`lmagan texnologik sikl bo`yicha ishlab chiqarilgan taqdirda ular mahalliy ishlab chiqarish mahsuloti deb e`tirof etiladi.

Dori vositalari va tibbiyot buyumlari yuqoridagi mezonga muvofiq bo`lmagan yoki «in bulk» mahsulot asosida ishlab chiqarilgan hollarda, ular mahalliy ishlab chiqarish mahsuloti deb e`tirof etilmaydi.

Markirovka qilish va o`rashdan tashqari korxonaning o`zi tomonidan barcha yoki alohida butlovchi va texnologik qismlarni ishlab chiqarish yoxud markirovka qilish va o`rashdan tashqari butlovchi va texnologik qismlarni, shu jumladan, import qilinayotganlarni yig`ish yo`li bilan ishlab chiqarish tashkil etilgan hollarda tibbiyot texnikasi mahalliy ishlab chiqarish mahsuloti deb e`tirof etiladi.

Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi 2018 yil 1 fevralga qadar xorijiy dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilarning ro`yxatdan o`tish hujjatlariga, ularning arizasiga muvofiq, yig`im undirmagan holda «in bulk» mahsulotning o`rami va markirovkasi haqidagi ma`lumotni ko`rsatishga oid qismiga o`zgartirish kiritadi.

2018 yil 1 martga qadar dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarini mahalliy ishlab chiqarish mahsuloti deb topish nuqtai nazaridan ishlab chiqarish texnologik auditdan o`tkaziladi.

2018 yil 15 apreldan boshlab dori vositalari va tibbiyot buyumlarining «in bulk» mahsulotni import qilishda, ro`yxatdan o`tgan to`liq yoki to`liq bo`lmagan texnologik sikl bo`yicha ishlab chiqariladigan xuddi shunday mahalliy mahsulotlar mavjud bo`lgan taqdirda, qo`shimcha qiymat solig`i bo`yicha imtiyozlar qo`llanilmaydi.

Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga «in bulk» mahsulot asosida tayyorlangan mahsulotlar qismiga, ro`yxatdan o`tgan xuddi shunday mahalliy mahsulotlar mavjud bo`lmagan taqdirda, qo`shimcha qiymat solig`i bo`yicha imtiyozlar 2019 yil 1 yanvarga qadar saqlab qolinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1