1

O`zbekiston hukumat delegasiyasi Qobulda bir qator muzokaralar o`tkazdi

Siyosat 24.01.2018, 14:02
O`zbekiston hukumat delegasiyasi Qobulda bir qator muzokaralar o`tkazdi

20 yanvar kuni O`zbekiston Bosh vaziri o`rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo`chqorov boshchiligidagi hukumat delegasiyasi amaliy tashrif bilan Afg`oniston Islom Respublikasida bo`ldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qiladi.

Tashrif doirasida O`zbekiston delegasiyasi tomonidan Afg`oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani, Hukumat ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla, moliya vaziri Eklim Hakimi va Afg`oniston hukumatining boshqa mansabdor shaxslari va a`zolari, shuningdek, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilma investisiyalari banki rahbariyati vakillari bilan muzokaralar o`tkazildi.

Qobul shahridagi uchrashuvlarda 2017 yil dekabr oyida Toshkentda bo`lib o`tgan oliy darajadagi O`zbekiston-Afg`oniston muloqoti davomida erishilgan kelishuvlarni tadbiq etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi va “Mozori Sharif – Hirot” temir yo`li loyihasining moliya institutlari tomonidan tashqi moliyalashtirish bo`yicha vazirliklararo maslahatlashuvlar o`tkazildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1