1

O`zbekiston va Qozog`iston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi

Siyosat 24.01.2018, 16:57
O`zbekiston va Qozog`iston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi

Bugun, 24 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursultan Nazarboev o`rtasida telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi. Bu haqda Qozog`iston prezidenti matbuot xizmati ma`lum qildi.

Muloqot avvalida Nursulton Nazarboev 18 yanvar kuni Aqto`bada sodir bo`lgan fojea yuzasidan Shavkat Mirziyoevga hamdardlik bildirdi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlik holati va istiqbollarini muhokama qilishdi. Shuningdek, mintaqaviy hamda xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo`yicha fikr almashdi.

Tomonlar muloqot yakunida rejalashtirilayotgan uchrashuvlar jadvalini ham ko`rib chiqishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1