1

Inson salomatligi – tug`ilgan kuniga bog`liqmi?

Salomatlik 19.04.2014, 11:48
Inson salomatligi – tug`ilgan kuniga bog`liqmi?

Numerologiya ilmi har bir kishining tug`ilgan yili va sanasi raqamiga qarab salomatligi haqida to`liq ma`lumot bera oladi.

Nima qilasiz?

Buning uchun qog`ozga tug`ilgan yil va kun  raqamlarini yozib chiqing. Masalan, 13.09.1989 yil.  Endi mazkur raqamlarni alohida ko`rinishda yozib olib, bir-biriga qo`shamiz.

1+3+0+9+1+9+8+9=40;  4+0=4.  Demak, sizning salomatlik raqamingiiz 4 ekan.

Quyida raqamlarning izohi bilan tashishingiz mumkin.

1. Yurak-qon tomir tizimi hamda ko`z xastaliklariga moyillik kuzatiladi. 30 yoshlardan oshgach, arterial qon bosimi holatiga diqqat qilinsa foydadan xoli bo`lmaydi.

Foydali: bodring, limon, uzum, apelsin, asal. Moychechak, marmarak.

19,28, 37 va 55 yoshlarda sog`lig`ingizdagi o`zgarishlarga e`tiborli bo`ling! Oktyabr, dekabr hamda yanvar oylari profilaktika choralari uchun tavsiya etiladi.

2.Oshqozon faoliyati va hazm a`zolaridagi o`zgarishlarga ahamiyatli bo`lishi lozim. Ayollarda  qalqonsimon bez xastaliklariga moyillik kuzatilishi mumkin.

Foydali: salat bargi, karam, sholg`om, bodring, ko`k piyoz va banan. 

20, 25, 29 va 43 yoshlarda salomatligingiz pand berishi mumkin  Yanvar, fevral va iyul oylarida sihatgohlarga yo`l olishingiz mumkin.

3.Asab  tizimi zo`riqishi, depressiya, asabiylashish va umumiy zo`riqish olatlaridan ehtiyot bo`ling.

Foydali: yalpiz, za`faron o`simligi, muskat yong`og`i,marmarak; qizil lavlagi, olma, shaftoli, anor, uzum, olcha va olxo`ri mevasi.

Sog`lig`ingizdagi o`zgarishlarga 12, 21, 39, 48 va 57 yoshingizda ahamiyatliroq bo`ling. Umumiy profilaktika maqsadida iyun va sentyabr oylari xayrli sanaladi.

4.Ushbu raqam sohiblari kamqonlik, bosh og`riqlari va umurtqa pog`onasi kasalliklaridan aziyat chekishlari mumkin.

Foydali: Turli meva va sabzavotlar, shuningdek baqlajon, sholg`om, karom va  kashnich tavsiya etiladi.

Jiddiy o`zgarishlar yuz bermasligi uchun 13, 22, 31, 40, 49 va 58 yoshingizda sog`lig`ingizga ahamiyatliroq bo`lishingiz lozim. Avgust va sentyabr oylari esa umumiy profilaktika uchun mos keladi.

5.Mazkur raqam egalari bosh og`riqlari xususan migren xastaligi, asabiylashish, uyqusizlikka  moyil bo`lishadi.  Bunday kishilar uchun eng yaxshi davo o`z vaqtida avqatlanib, sakkiz soat uyqu tartibiga rioya etishdir.

Foydali: dengiz karami, qo`ziqorin, yong`oq, sabzi, kartoshka, guruch.

14, 23, 41 va 50 yoshingizda salomatligingizga katta e`tibor bering. Sihatgohlarda davolanish uchun iyul, sentyabr va dekabr oylari tavsiya etiladi.

6.Tomoq og`riqlari, burun va nafas yo`llari kasalliklariga moyillik bo`lishi mumkin. Ayniqsa, o`pka faoliyati va tez-tez takrorlanuvchi shamollash holatlariga e`tibor qiling

Foydali: anjir, ismaloq, bodom, olma, shaftoli, o`rik,  dukkakli don mahsulotlari.

Agar yoshingiz 15, 24, 42, 51 yoki 60 da bo`lsa,bu yoshda sog`lig`ingizga yanada e`tiborliroq bo`lganingiz ma`qul.  Umumiy profilaktika uchun may, oktyabr, noyabr oylarini tanlashingiz mumkin.

7.Sizni allergik xastaliklar, o`t pufagi va immun tizimining sustlashishi alomatlari bezovta qilishi mumkin

Foydali: ko`k choy, turshak, sabzavot sharbatlari,  bodring, nok, olma, tarvuz.

Yoshingiz 16, 25, 34, 43, 52 va 61 bo`lganda sog`lig`ingizga jiddiy e`tibor qarating. Surunkali kasalliklarni oldini olish maqsadida yanvar, mart, iyul, avgust oylari ayni muddao.

8.Jigar faoliyati o`zgarishlari hamda bo`g`im kasalliklariga moyillik bor. Shuningdek, bosh og`riqlari ham bezovta qilishi mumkinJismoniy  mashqini bajarishga e`tibor qaratishi maqsadga muvofiqdir.

Foydali: qo`ziqorin, karam, qizil loviya, sholg`om, baqlajon, bulg`or qalampiri, pomidor, olma kabi maxsulotlar hamisha taomnomangizda bo`lishiga harakat qiling.

Siz 17,27,35, 44 , 53 va 62 yoshingizda  sog`lig`ingizga nihoyatda ahamiyatli bo`lishingiz lozim. Umumiy profilaktika uchun esa dekabr, fevral va iyul oylari mos keladi.

9.Siydik pufagi muammolari hamda immun tizimi zaiflashuviga moyil bo`lishadi. Infeksion kasalliklarga oson taslim bo`lish ham aynan shundan. Organizmni chiniqtirishga e`tibor qaratsalar, xastaliklarni engib o`tishlari oson.

Foydali: piyoz, sarimsoq, zanjabil, limon, kivi, karam, qovoq, erqalampir.Shuningdek, yog`li taom va eguliklar miqdorini cheklaganingiz ma`qul.

18, 27, 36, 45 va 63 yoshlarda sog`lig`ingizdagi o`zgarishlarga befarq bo`lmang. Aprel, may, oktyabr oylari umumiy profilaktika uchun asqotishi mumkin.

 Dildora YuSUFBEKOVA tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1