AsosiySport

O`zbekiston Ozarbayjon bilan o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi

Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston milliy terma jamosi 20 avgust kuni Bokuda Ozarbayjon milliy terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi. Bu haqda O`FF rasmiy sayti xabar bermoqda. 

O`zaro kelishuvga ko`ra, uchrashuv 20 avgust kuni Ozarbayjon poytaxti Bokuda bo`lib o`tadi. 

Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi 27 va 29 may kunlari Toshkentda Ummon terma jamoasiga qarshi ikkita o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi.

Milliy terma jamoa sentyabr va oktyabr oylarida ham bir qator o`rtoqlik uchrashuvlarini o`tkazishi rejalashtirilgan. Jumladan, 3 sentyabr kuni Toshkentda Iordaniya terma jamoasi mehmon bo`lsa, 6 oktyabr kuni Qosimov shogirdlari Doxa shahrida Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Oktyabr oyidagi yana ikkita uchrashuv 10 va 14 oktyabr kunlari Bahrayn va BAA terma jamoalariga qarshi o`tkaziladi. Mazkur ikki uchrashuv ham BAAning Dubay shahrida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar