1

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Siyosat 26.01.2018, 17:59
Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

26 yanvar kuni O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv chog`ida ikki davlat rahbarlari O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi munosabatlarning rivojlanish sur`atlaridan mamnunligini ta`kidlab o`tdi.

Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarga, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibiga oid keng miqyosdagi masalalar muhokama qilindi.

Suhbat yakunida Prezidentlar o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga hozirliklarini ta`kidlab o`tdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1