1

O`zbekistonning o`z sun`iy yo`ldoshi bo`ladi

Hi-tech 27.01.2018, 01:36
O`zbekistonning o`z sun`iy yo`ldoshi bo`ladi

25 yanvar kuni Xalqaro press-klubda «Davlat dasturi-2018»: Harakatlar strategiyasi doirasida O`zbekistonni rivojlantirishning yangi bosqichi» mavzusida navbatdagi sessiya bo`lib o`tdi.

Yaqin kelajakda O`zbekiston o`z sun`iy yo`ldoshini uchiradi. Bu haqda Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma`lum qilgan.

“Bu oldimizda turgan strategik yo`nalishlardan biri. Sababi bizda aerokosmik tadqiqotlar yo`qolib ketgan edi. Davlat rahbari o`z murojaatnomasida ham bu haqda juda to`g`ri aytdi. 25 yil davomida bu sohada faoliyat olib bormadik va aerokosmik hududimizda bizda egalik yo`q. Shundan kelib chiqib, bu sohada hozir strategik rejalar ishlab chiqilyapti, qo`yiladigan eng katta qadamlardan biri – yaqin vaqtlar ichida o`zimizning sun`iy yo`ldoshlarimizni uchiramiz. O`zbekistonning aerokosmik hududida sun`iy yo`ldoshlarimiz bo`ladi”, - deya aytib o`tgan vazir.

Tadbirda O`zbekiston qachondan o`z sun`iy yo`ldoshiga ega bo`lishi, bu borada kimlar bilan muzokaralar olib borilayotganiga oydinlik kiritilmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1