AsosiyJamiyat

Yamanda o`g`irlangan o`zbekistonlik shifokor hukumat tomonidan ozod qilindi

Yaman hukumati o`tgan hafta mamlakatning Marib viloyatida qurollangan shaxslar tomonidan o`g`irlab ketilgan o`zbekistonlik shifokorni ozod qilishga muvaffaq bo`ldi, deya xabar beradi RIA Novosti.
Agentlikka mahalliy hukumat vakilining xabar berishicha, vositachilar o`g`rilar bilan shifokorni ozod qilish kelishuviga erishishga muvaffaq bo`lganlar.
“U vositachilar tomonidan Maribga olib kelinib, bu erda mahalliy ma`muriyat vakillari tomonidan kutib olingan”, – deya xabar beradi agentlik manbasi. Ayni vaqtda, shifokor uchun tovon puli to`langan yoki to`lanmaganligiga aniqlik kiritilmagan.
Eslatib o`tamiz, 2011 yildan keyin Yamanda tinchlikparvar hukumat almashganidan keyin beqaror vaziyat saqlanib qolmoqda. Hukumat tomonidan vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan choralar ko`rilishiga qaramasdan, mamlakat janubida «Al-Qoida» jangarilarining terroristik aktlari tinmayapti. Ular muntazam ravishda Yamanning neft va gaz ob`ektlariga hujum qilishmoqda. Ushbu hujumlar Yaman g`aznasiga bir necha milliard dollar zarar etkazdi.
13 aprel kuni qurollangan guruh Marib shahridagi shifoxonalardan birida ishlayotgan xorijlik shifokorni o`g`irlab ketgani haqida xabar qilingan edi. Unga ko`ra, harbiycha kiyingan noma`lum shaxslar shifokorni Toyota avtomobiliga solgan holda noma`lum yo`nalishda olib ketganlar. Yaman ichki ishlar vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, shifokor O`zbekiston fuqarosi bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar