Sony Pictures kompaniyasi va rejissyor Denni Boyl Apple asoschisi Stiv Jobs hayoti haqida film suratga olishni rejalashtirdi.
Ular filmdagi bosh rolni Leonardo di Kaprioga ishonib topshirishmoqchi, deya yozadi Hollywood Reporter nashri.
Nashrning qayd etishicha, hozircha rasman shartnoma imzolanmagan, ammo di Kaprio filmda suratga tushish uchun o`z roziligini bergan. Stiv Jobs haqidagi yangi kartina prodyuseri sifatida Skott Rudin ishtirok etdi, film ssenariysi esa Aaron Sorkinga tegishli.
Eslatib o`tamiz, Apple asoschisi haqidagi film 2013 yilda taqdim etilgan edi. Ushbu filmda bosh rolni Eshton Kachcher ijro etgan bo`lib, biroq kartina katta tanqidga uchradi. Apple kompaniyasining yana bir asoschisi Stiv Voznyak esa ushbu filmni yomon ishlanganini ochiq aytdi.





