Shotlandiyalik mutaxassis Devid Moyes “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klub tvitterdagi rasmiy sahifasida xabar berdi.
Moyes o`tgan mavsum yakunlangach, Aleks Fergyusondan jamoani qabul qilib olgan edi. Hozirda klub 34 ta uchrashuvdan so`ng 7-o`rinni egallab turibdi. “Manchester Yunayted” kelasi yili Evropa Chempionlar ligasida qatnashish imkonidan mahrum bo`lgan.
The Daily Mail nashrining xabar qilishicha, klubni vaqtinchalik Rayan Giggz boshqarib turadi. Nashrning qayd etishicha, ”Manchester Yunayted” bosh murabbiyi lavozimiga asosiy davogar gollandiyalik Lui Van Gal bo`lib turibdi.





