1

Shavkat Mirziyoev Shahrisabz shahrining tarixiy markazida joylashgan «Dorut-tilovat» majmuasini ziyorat qildi

Siyosat 29.01.2018, 09:20
Shavkat Mirziyoev Shahrisabz shahrining tarixiy markazida joylashgan «Dorut-tilovat» majmuasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoev Qashqadaryoga safari doirasida Shahrisabz shahrining tarixiy markazida joylashgan «Dorut-tilovat» majmuasini ziyorat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Taomilga binoan o`tganlar xotirasi yod etilib, Qur`on tilovat qilindi.

Ulamolar bilan muloqotda xalq faravonligi yo`lida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar haqida so`z yuritildi.

«Dorut-tilovat» majmuasi Ko`k gumbaz masjidi, Shayx Shamsiddin Kulol, Gumbazi Sayidon maqbaralari va hujralardan iborat bo`lib, ular, asosan, XIV asr oxiri XV asrning birinchi yarmida bunyod etilgan. «Dorut-tilovat» so`zi «Qur`on o`qiladigan yoki tilovat qilinadigan joy» ma`nosini anglatadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1