1

O`zbekiston delegasiyasi Pekinda o`tkaziladigan MKK majlisida ishtirok etadi

Siyosat 29.01.2018, 16:30
O`zbekiston delegasiyasi Pekinda o`tkaziladigan MKK majlisida ishtirok etadi

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegasiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir 2018 yil 30 yanvar kuni Xitoyning Pekin shahrida o`z ishini boshlaydi.

«Uchrashuv doirasida ShHT Davlat rahbarlari kengashining bo`lajak majlisiga tayyorgalik ko`rish jarayoni muhokama qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, tashkilot kun tartibidagi boshqa qator mavzularni ko`rib chiqish rejalashtirilgan», — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1