1

OFK prezidenti, FIFA vise-prezidenti Shavkat Mirziyoevga tabrik yo`lladi

Siyosat 30.01.2018, 10:18
OFK prezidenti, FIFA vise-prezidenti Shavkat Mirziyoevga tabrik yo`lladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari,

Muhtaram Prezident!

Sizga va O`zbekiston xalqiga futbol bo`yicha 23 yoshgacha bo`lgan yoshlar o`rtasida Xitoyda o`tkazilgan Osiyo chempionatida mamlakatingiz terma jamoasi g`olib bo`lgani munosabati bilan o`zimning samimiy tabriklarim va eng yaxshi tilaklarimni izhor etish men uchun katta sharafdir.

23 yoshgacha bo`lgan yoshlar o`rtasida Markaziy Osiyo mintaqasidan birinchi bo`lib Osiyo chempionati g`olibligiga erishgan mamlakatingiz jamoasi a`zolarining butun musobaqa davomida matonat va jasorat namunalarini ko`rsatgani maqtovga loyiqdir.

Men ishonamanki, ushbu futbolchilar yaqin kelajakda O`zbekiston futbolini rivojlantirishda muhim rol o`ynaydi va mamlakatingiz hamda butun Osiyoning g`urur-iftixoriga aylanadi.

O`zbekiston Respublikasi rahbariyatining sa`y-harakatlari bilan o`zbek futboli yanada yuksak pog`onalarni zabt etishiga shubha qilmayman.

Sizni ishontirib aytamanki, maftunkor mamlakatingizda futbolni yanada rivojlantirish va targ`ib qilishni to`la qo`llab-quvvatlashga tayyorman.

Samimiy tilaklar bilan,

Salmon bin Ibrohim al-XALIFA,

OFK prezidenti,

FIFA vise-prezidenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1