1

Dunyoga mashhur “White & Case” kompaniyasi O`zbekistonda o`z vakolatxonasini ochdi

Siyosat 30.01.2018, 10:38
Dunyoga mashhur “White & Case” kompaniyasi O`zbekistonda o`z vakolatxonasini ochdi

AQShning dunyoga mashhur “White & Case” yuridik kompaniyasi kecha poytaxtimizda o`z vakolatxonasini ochdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning o`tgan yil 18-20 sentyabr kunlari AQShga tashrifi doirasida Adliya vazirligi va “White&Case” yuridik kompaniyasi o`rtasida imzolangan memorandumda mazkur vakolatxonani ochish nazarda tutilgandi. Unda, shuningdek, tijorat va arbitraj huquqi bo`yicha milliy huquqshunos kadrlarni kompaniyaning Amerikadagi muassasalarida tajriba orttirishlarini tashkil etish belgilab qo`yilgan.

Shunday qilib hozirda “White & Case” Amerikaning O`zbekistondagi yagona yuridik kompaniyasiga aylandi.

Adliya vazirligi vakillarining qayd etishicha, xalqaro yuridik kompaniyalarning respublikamizga jalb qilinishi huquqiy va konsalting xizmatlari ko`rsatish milliy tizimini takomillashtirish, xorijiy investorlarning O`zbekistonga bo`lgan ishonchini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma`lumot o`rnida aytib o`tamiz, 1901 yilda asos solingan “White & Case” kompaniyasi ayni paytda dunyoning 26 davlatidagi 38 ta ma`muriy binosida faoliyat yuritayotgan 2200dan ziyod professional huquqshunoslarni birlashtirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1