1

AQSh davlat kotibi yordamchisi bosh o`rinbosari O`zbekistonga keladi

Siyosat 30.01.2018, 13:03
AQSh davlat kotibi yordamchisi bosh o`rinbosari O`zbekistonga keladi

AQSh davlat kotibi yordamchisi bosh o`rinbosari Elis Uells 30 yanvar – 2 fevral kunlari London va Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda Qo`shma Shtatlarning O`zbekistondagi elchixonasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Uells 30 yanvar kuni Strategik tadqiqotlar institutida mintaqaviy masalalarni muhokama qilish hamda Buyuk Britaniya hukumati rasmiylari va Davlat departamentiga qarashli London Media markazida xalqaro OAV xodimlari bilan uchrashish maqsadida Londonga keladi.

Toshkentda esa Elis Uells prezident Mirziyoevning islohotlar dasturi doirasida erishilgan yutuqlar, xalqaro va mintaqaviy masalalar, shuningdek iqtisod va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish uchun hukumatning yuqori lavozimli rasmiy vakillari bilan uchrashadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1