1

Yurtimizda bu yil yoz qanday keladi?

Jamiyat 25.04.2014, 15:42
Yurtimizda bu yil yoz qanday keladi?

Keyingi yillarda aholi orasida mavsumiy ob-havoga bo`lgan qiziqish ortmoqda. Buning natijasida odamlar orasida turli xabarlar, ishonchli va ishonchsiz bashoratlar ham keng tarqalishini kuzatamiz. Shuni yodda tutish lozimki, mavsumiy ob-havo bashorati bilan butun dunyoda olimlar va kuzatuvchilar shug`ullanishadi. Shu o`rinda turli OAV ham mavsumiy ob-havo, ayniqsa qishki va yozgi mavsumlar bashorati uchun katta qiziqish bildiradi. Qiziq tomoni, ko`pincha ana shunday bashoratlar jazirama issiq yoki qahraton qish haqida bong uradi.

Qarshimizda turgan issiq kunlarning qanday kelishi haqidagi ana shunday “bashorat”larga o`rin qoldirmaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markaziga murojaat qildik...

BAHORDAGI QOR: BU YaNGILIKMI YoKI?

Hozircha biz bahorgi mavsum haqida faqat mart oyi va aprel oyining birinchi haftasi haqida so`zlashimiz mumkin.

Yog`ingarchilik oy davomida bir tekis yog`di, va ularning yig`indisining miqdori hududlarning ko`p qismida me`yor atrofida, ba`zi joylarda me`yordan biroz ko`p bo`ldi. Yog`ingarchilik ayrim kunlarda qorga aylandi, bu bahorning birinchi oyiga deyarli xosdir.

Endi aprel oyining birinchi haftasida, ya`ni 7 aprelda Toshkent shahrida, Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida, respublikaning tog`li va tog`oldi hududlarining ba`zi joylarida yomg`irning qorga aylanishi kuzatilganiga to`xtalsak.

Aprel oyida qor yog`ishi ba`zida kuzatilgan, biroq buni kamdan-kam uchraydigan hodisa deb aytish mumkin emas.

Oxirgi yillarda Toshkentda aprel oyida yoqqan qor 2011 yilning
3 aprelida, 2005 yilning 5 - 6 aprelida kuzatilgan. 1989 yilda esa qor
30 aprelda kuzatilgan – bu Toshkentda eng kech muddatda yog`gan qordir.

Shunday qilib bu yilgi bahorning birinchi yarmi o`rtacha statistikaga yaqin bo`ldi.

  • Odamlar orasida

BAHOR ISSIG`I: YoZGA TA`SIR QILADIMI?

Odamlar orasida bahor ob-havosidagi o`zgarishlar xavotir uyg`otmoqda. Aytingchi, bahorda yomg`irning qorga aylanib haroratning sovib ketishi yozga ta`sir qiladimi?

H.G`ulomova, Samarqand viloyati

Bahorgi keskin isish har yili kuzatiladi, bu bizning hududda bahorgi mavsum uchun xususiyatlidir va yoz oylaridagi ob-havoga bunday isish hech qanday ta`sir etmaydi.

Butun dunyoda bunday katta muddatga haqqoniy prognoz mavjud emas. Matbuotda mavsum boshlanishidan bir necha oy oldin, shu mavsumda ob-havo sharoiti qanday bo`lishi haqidagi ma`lumotlar rasmiy meteorologik prognoz deb hisoblanmaydi. Bu faqat taxminiy baholash bo`lishi mumkin, meteorologlarning rasmiy nuqtai nazarini ifodalamaydi.

O`zbekistonda va butun dunyoda 6 kunga oldindan ob-havoni prognozlash eng haqqoniy deb hisoblanadi.

YoZ QANDAY KELADI?

Eng yuqori harorat yozning o`rtasida, iyul oyida kuzatiladi. Bu davrda absolyut harorat maksimumi eng yuqori natijaga to`g`ri keladi.

Biroq ayrim yillarda issiq cho`qqisi iyun oyining oxiri yoki avgust oyining boshiga to`g`ri kelishi mumkin.

  • So`ragan edingiz

Ayting-chi, yurtimizda eng issiq havo yoz faslining qaysi davriga to`g`ri keladi?

S.Hakimova, Surxondaryo viloyati  

2012 yilda eng issiq davr avgust oyining ikkinchi yarmi boshida bo`lgan. Havo haroratining eng yuqori qiymati, ya`ni, 49.60S 1914 yilning iyul oyida Termizda qayd etilgan.

Toshkent shahri uchun yoz mavsumida rekord darajadagi eng yuqori havo harorati 1997 yil iyul oyida kuzatilgan. 44,60S ga teng bo`lgan bu qiymat hozirgacha faqat poytaxtimiz uchun absolyut maksimum bo`lib qolmoqda.

BU YIL ENG ISSIQ HUDUD VA...

Yoz oyida eng issiq ob-havo janubiy viloyatlarda va respublikaning cho`l hududlarida kuzatiladi. Tog` oldi hududlar biroz kamroq isiydi, lekin u erda ham yoz oylari juda issiq bo`ladi. O`zbekiston tog`larida yoz oylarida harorat biroz pastroq bo`ladi.

IQLIM ISIShINING BIZGA TA`SIRI QANDAY?

Meteorologik kuzatuvlarga ko`ra, O`zbekistonda havo haroratining o`rtacha yillik qiymati so`nggi 100 yil ichida 1,5°S ga ko`tarilgan va bu tendensiya yaqin yillarda ham saqlanib turadi. Mutaxassislarning fikricha, global iqlim o`zgarishi nafaqat havo haroratining ko`tarilishi, shu bilan birga, qurg`oqchilik, fasllarning me`yordan oshiq issiq yoki sovuq kelishi, kuchli yog`ingarchiliklar, sel toshqinlari ko`payishiga olib keladi.

Tavsiyalar

● Noqulay ob-havoli kunlarda go`shtli, o`ta yog`li va qovurilgan taomlarni tanovul qilmang. O`tkir ziravorlar va alkogolni taomnomangizdan chiqaring. Baliq, dengiz karami, loviya, qizil lavlagi, po`sti bilan qaynatilgan kartoshka, olmani ko`proq iste`mol qiling.

● Ob-havo injiqliklariga qarshi turishda chiniqtiruvchi muolajalar va fitnes mashg`ulotlari yordam beradi.

Sarvar Safarov tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1