1

«Frankfurter Allgemeine Zeitung» O`zbekistondagi o`zgarishlar haqida

Siyosat 02.02.2018, 11:09
«Frankfurter Allgemeine Zeitung» O`zbekistondagi o`zgarishlar haqida

O`zbekistonda ro`y berayotgan o`zgarishlarga dunyo ommaviy axborot vositalari katta qiziqish bilan qaramoqda. Nemis matbuoti ham bundan mustasno emas. Jumladan, Germaniyada eng ko`p nusxada chop etiladigan va qator xorijiy mamlakatlarda tarqatiladigan “Frankfurter Allgemeine Zeitung” (FAZ) gazetasi sahifasida yurtimiz hayotiga doir navbatdagi maqola nashr qilindi.

“O`zbekiston namuna bo`lmoqda” sarlavhali mazkur maqolada yozilishicha, mamlakatda boshlangan iqtisodiy va siyosiy o`zgarishlar jarayonida Prezident Shavkat Mirziyoev o`zining liberal islohotchi ekanligini namoyon etmoqda. “Bu, o`z navbatida, o`zbek bozorida biznesni rivojlantirishdan manfaatdor bo`lganlar uchun savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni faollashtirishga yaxshi imkoniyatlar yaratadi”, deb yozadi “Frankfurter Allgemeine Zeitung”.

Maqolada o`zbek milliy valyutasini erkin ayirboshlash yo`lga qo`yilgani tashqi savdo taraqqiyoti yo`lidagi katta to`siqlarni olib tashlash imkonini bergan eng muhim qadamlardan biri sifatida e`tirof etilgan. O`zbekiston moliya institutlari ma`lumotlariga tayanilgan holda xabar qilinganidek, mamlakat monetar bozorini liberallashtirish 2017 yilda 15 foiz oshgan eksport hajmlari o`suvchanligiga o`zining ijobiy ta`sirini ko`rsatadi.

Gazeta respublikamiz rahbariyatining savdo oldidagi to`siqlarni bartaraf qilish, korrupsiya va byurokratiyaga qarshi kurashish, kichik hamda o`rta biznesni rivojlantirish bo`yicha ko`rayotgan chora-tadbirlarini alohida qayd etgan.

Shuningdek, nemis gazetasi qo`shni mamlakatlar bilan o`zaro munosabatlarni yaxshilash va mustahkamlash imkonini bergan O`zbekistonning yangi tashqi siyosatini ijobiy baholagan.

Ma`lumot o`rnida aytib o`tamiz, “Frankfurter Allgemeine Zeitung” kundalik gazetasiga

1949 yilda asos solingan. Bugungi kunda 300 — 400 ming nusxada chop etiladigan ushbu nashr o`z sahifalarida Germaniya hamda xorijiy mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga oid asosiy hamda muhim voqealarni yoritadi.

«Jahon» AA.

Berlin

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1