Angliya chempionatining 36-turidan o`rin olgan "Liverpul" - "Chelsi" (0:2) uchrashuvidan so`ng "Enfild" stadioni yaqinida klub fanatlari o`rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi.
The Daily Mail nashrining yozishicha, londonlik muxlislar "Liverpul" sardori Stiven Jerard haqida uni haqoratlovchi qo`shiqlar kuylashgan. Bu esa o`z navbatida "Liverpul" muxlislariga yoqmagan. Oqibatda ikki klub muxlislari o`rtasida mushtlashish yuz bergan. Voqeaga polisiya aralashgach, janjal to`xtagan.
Eslatib o`tamiz, uchrashuvning 45-daqiqasida "Liverpul" sardori Jerardning xatosidan so`ng Chelsi hujumchisi Demba Ba hisobni ochgan va "Liverpul"ni qiyin ahvolga solib qo`ygan. Uchrashuv 0:2 hisobi bilan londonliklar g`alabasi bilan yakunlangan.






