1

O`zbekistonda iyul oyida yangi vaksina taqdim etiladi

Jamiyat 28.04.2014, 14:32
O`zbekistonda iyul oyida yangi vaksina taqdim etiladi

Aprelning so`nggi haftasida (24-30) Butunjahon emlash haftaligi nishonlanadi. Uning maqsadi salomatlikni ta`minlovchi eng katta omil – barcha yoshdagi insonlarni, xususan bolalarni oldini olish mumkin bo`lgan kasalliklarga qarshi emlashni targ`ib qilishdir.

Ushbu g`oya rotavirus infeksiyasi va rotavirus vaksinasi masalalari bo`yicha Toshkentda bo`lib o`tgan ilmiy konferensiyada ham ilgari surildi. Shuningdek tibbiyot xodimlarini mazkur yilning iyul oyida yangi vaksinani taqdim etishga tayyorlash masalalari ham konferensiyada muhokama qilindi. Konferensiyaga 80ta ishtirokchi, jumladan JSST Evropa byurosining ikki nafar etakchi mutaxassisi taklif etilgan, deya xabar beradi Sog`liqni saqlash vazirligining rasmiy sayti.

Butunjahon emlash haftaligi bolalar va o`smirlarni emlash naqadar muhim ekanligini jamoatchilikka bildirishga xizmat qiladi. Mazkur haftalikni o`tkazishda barcha mamlakatlardagi hukumatlar, JSST, YuNISEF va ularga hamkor tashkilotlar hamda jamoatchilik ishtirok etadi. Mazkur yil haftaligining shiori “Siz emlanishga tayyormisiz?” – ota-onalar va o`smirlarga qaratilgan bo`lib, ularni emlash masalalaridan xabardorligini oshirishga hamda o`zlari va oilalarini vaksinalar yordamida kasalliklardan himoya qilishga undaydi.

Emlash har yili 2-3 million hyotni asrab qoladi. Bolalarni o`limga olib keladigan kasalliklardan asragan holda vaksinalar ularning sog`lom bo`lishlariga yordam beradi. Shunisi muhimki, emlash imkon qadar hammani, xususan alohida sabablarga etib borish qiyin bo`lgan va ajralib qolgan oilalar, onalar va bolalarni ham qamrab olishga imkon beradi. Emlash kelgusi avlodlar uchun biz qila oladigan eng samarali va moliyaviy jihatdan kam xarajatli investisiyalardan biridir.

Diareyaning olini oladigan rotavirus vaksinasi bu yil milliy miqyosda taqdim etiladi. 2013 yil dekabridan 2014 yil martigacha JSST va YuNISEF birgalikda rotavirus vaksinasi bilan emlash tadbirlarida ishtirok etadigan tibbiyot xodimlari uchun o`quv seminarlarini o`tkazishdi. JSST xavsiz emlash modullari mahalliy shart-sharoitlarga moslashtirildi va O`zbekistondagi qo`llaniadigan rasmiy o`quv materiali sifatida tasdiqlash uchun Sog`liqni saqlash vazirligiga taqdim etildi. Kommunikasiya materiallar YuNISEF va JSST tomonidan tayyorlandi va sog`liqni saqlash tizimi boshlang`ich bo`g`inlariga vazirlik orqali tarqatildi.

Jahon miqyosida 2011 yilda go`daklarning taxminan 83 foizi bo`g`ma, qoqshol va ko`kyo`talga qarshi vaksinalarning uch dozasi bilan emlandi. (DPT 3). Bu uchta kasallik 5 yoshdan kichik bolalar hayoti uchun juda xavlidir. Dunyodagi go`daklarning beshtasidan bittasi – bolalarning deyarli 20% - hayotni saqlab qoluvchi bo`g`ma, qoqshol va ko`kyo`talga qarshi vaksinalarning uch dozasidan mahrumdir. Emlanmagan ana shu “beshinchi bola,” o`limga olib keluvchi kasalliklar oldida himoyasizdir.

2011 yilda beshta mintaqa 90% dan ortiq bolalarni DTP3vaksinasi bilan emlashga muvaffaq bo`ldi: Markaziy va Sharqiy Evropa, Sharqiy Osiyo va Tinch okean mintaqasi, sanoati rivojlangan mamlakatlar, Lotin Amerikasi va Karib orollari hamda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika . 2011 yilda 123 mamlakatda 90% dan ko`p go`daklar qizamiqqa qarshi emlangan. 2000 and 2011 yillar orasida qizamiqdan halok bo`lish hollari 71% gacha kamaydi .

1991 yildan beri O`zbekiston vaksinalar yordamida oldini olsa bo`ladigan kasalliklarga qarshi emlash sohasida katta yutuqlarga erishdi. Agar 1993-1994 yillarda malakatdagi bolalarning 45-60 foizi beshta oldini olsa bo`ladigan kasalliklar, ya`ni poliomielit, bo`g`ma, ko`kyo`tal, qizamiq, qoqsholga qarshi emlangan bo`lsa, 2012 yilda emlash qamrovi 95% dan ortiq bo`ldi (manba – Emlash bo`yicha xulosa, JSST va YuNISEF, 2013).

O`zbekistonda yangi Rota (Rota) vaksinasi taqdim etilar ekan, Sog`liqni saqlash vazirligi, JSST va YuNISEF e`tibori emlash qamrovi hamma uchun teng bo`lishiga, ya`ni har bir bola, ayniqsa imkoniyatlari cheklangan yoki uzoq joylarda yashovchi bolalar vaksinalar yordamida oldini olish mumkin bo`lgan kasalliklarga qarshi to`liq emlanishlarini ta`minlashga qaratiladi.

Butunjahon emlash haftaligi barcha hukumatlarga etkazmoqchi bo`lgan eng muhim xabarlardan biri – emlash iqtisodiy jihatdan ham manfaatlidir. So`nggi tadqiqotlarga ko`ra, 2011-2020 yillarda dunyodagi 72ta eng kambag`al mamalakatlarda emlash qamrovini oshirish 6,4 million hayotni saqlab qolishga hamda davolashga sarflanadigan 6,4 million AQSh dolarini tejashga imkon beradi .

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1