1

Tojikiston Bosh vaziri o`rinbosari Toshkentga kelmoqda

Siyosat 04.02.2018, 17:41
Tojikiston Bosh vaziri  o`rinbosari Toshkentga kelmoqda

Ertaga, 5 fevral kuni Toshkent shahriga Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Aziz Ibrohim boshchiligidagi delegasiya tashrif buyuradi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga ko`ra, O`zbekiston hukumatida, qator vazirlik va idoralarda uchrashuv va muzokaralar o`tkazish ko`zda tutilgan.

Mazkur tadbirlar chog`ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari hamda bo`lajak O`zbekiston-Tojikiston uchrashuvlariga tayyorgarlik ko`rishning amaliy jihatlarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o`tamiz, 10 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegasiya Dushanbe shahrida bo`lib, u erda savdo-iqtisodiy hamkorlik hamda davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo`yicha O`zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyalari majlisida ishtirok etgan edi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1