1

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Siyosat 05.02.2018, 17:15
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 3 fevraldagi farmoyishiga muqofiq Prezident Matbuot xizmatining tarkibiy bo`linmalarida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Xususan, Prezident Matbuot xizmati huzurida yangi tashkil etilgan Media-markaz direktori etib Salixov Husan Ravshanovich tayinlandi. Bu haqda Prezident veb-saytida ma`lum qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining axborot-tahliliy ishlar sho``basi bosh konsultanti etib Azimov Hurshid Ma`murovich, Usmonov Bobirbek Sobirovich mazkur sho``baning etakchi konsultanti etib tayinlandi. Shuningdek, Samadov Anvar Jovlievich Prezident Matbuot xizmati tadbirlarni tayyorlash va yoritish sho``basining etakchi konsultanti etib tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1