1

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali birinchi chorakda 20 turdagi yangi xizmat tatbiq qildi

Jamiyat 30.04.2014, 09:14
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali birinchi chorakda 20 turdagi yangi xizmat tatbiq qildi

Poytaxtimizda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish jarayonini huquqiy tartibga solish masalalari” mavzusida davra suhbati o`tkazildi.

Tadbir O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikasiya texnologiyalari masalalari qo`mitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirliklar, idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi, deya xabar beradi O`zA.

Mamlakatimizda davlat organlari veb-saytlari va hukumat portali orqali interaktiv davlat xizmatlari ko`rsatishni yanada kengaytirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalariga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy qilishni rag`batlantiradigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi.

Ta`kidlanganidek, 2013-2020 yillarda milliy axborot-kommunikasiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini hayotga tatbiq etish samarasida bugungi kunda aholiga 600 dan ziyod interaktiv davlat xizmatlari taqdim etilmoqda. Davlat axborot resurslari soni 195, ro`yxatga olingan axborot tizimlari soni 154 taga etdi. Bularning barchasi nafaqat yuridik va jismoniy shaxslar, balki tashkilotlarga ham qo`shimcha qulayliklar yaratmoqda. Shaxsiy avtomatlashtirilgan axborot tizimi va ma`lumotlar bazasi istalgan zarur axborotdan tezkor foydalanish, barcha hisobotlarni elektron shaklda yuritish imkonini bermoqda. Jumladan, joriy yilning birinchi choragida yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 20 turdagi yangi xizmat amaliyotga tatbiq qilinib, ularning soni 187 taga etdi.

Tadbir ishtirokchilari aholiga taqdim etilayotgan interaktiv davlat xizmatlari samaradorligini oshirish, vaqt va moliyaviy xarajatlarni qisqartirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta`minlashga qaratilgan “Elektron hukumat to`g`risida”gi qonun loyihasini muhokama qildi. Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga axborot-kommunikasiya tizimlarini keng joriy etishga taalluqli huquqiy asos va huquqni qo`llash amaliyotini takomillashtirish borasida fikr almashdi.        

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1