Kecha Evropa chempionlar ligasi doirasida Bavariya va Real klublari yarim final javob uchrashuvini o`tkazdilar.
Birinchi uchrashuvda 1:0 hisobidagi g`alaba "Real"ni javob uchrashuvida ortiqcha bosimsiz harakat qilishiga zamin yaratib berdi. Ikkinchi uchrashuvda hatto "Real" muxlislari ham kutmagan hisob qayd etildi. Madridliklar "Bavariya" darvozasiga javobsiz 4 ta to`p kiritishdi. Umumiy hisob esa 5:0 ko`rinishiga keldi. Uchrashuvda Serxio Ramos hamda Krishtianu Ronaldu ikkitadan to`p kiritishdi.
"Real"ning finaldagi raqibi nomi bugun Londonda aniqlanadi. "Chelsi" o`z maydonida Madridning boshqa bir klubi "Atletiko"ni qabul qiladi. Birinchi uchrashuv 0:0 hisobi bilan yakunlangan. Uchrashuv 23:45 da boshalanadi.





