O`zbekturizm yangi interaktiv “Verum QR” xizmatini ishga tushirdi

Hi-tech 06.02.2018, 10:07
 O`zbekturizm yangi interaktiv “Verum QR” xizmatini ishga tushirdi

“Verum QR” – bu 12 ta xorijiy tilda O`zbekistonning turistik salohiyati aks etgan video, foto va matnli ma`lumotlar saqlangan interaktiv dasturdir. Ushbu startap loyihasi yordamida yurtimizga sayyohlarni jalb qilish va ularga keng imkoniyatlar yaratish ko`zlanmoqda.

Ayni shu dasturni amalga oshirish bo`yicha Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va “Tehno dargoh” MChJ o`rtasida uchtomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Xiva shahrining 15 ta tarixiy obidalarida “Verum QR” dasturi sinovdan o`tkazildi. Hozirda loyiha uchta O`zbek, rus va ingliz tillarida ma`lumotlarni o`zida mujassam etgan. Tashkilotchilarning so`zlariga qaraganda, QR kodlari butun respublika bo`yicha o`rnatilgach, loyiha 12 tilda ma`lumotlarni etkazish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Mazkur loyiha orqali mamlakatimizga tashrif buyurgan sayyohlar yurtimizdagi mavjud tarixiy obida, memorial kompleks, mehmonxona, restoran va hududlarga oid barcha ma`lumotlarni video, foto va matn ko`rinishida tezkorlik bilan olishlari mumkin bo`ladi.

“Texno dargoh” MChJ rahbari Turg`un Xo`jaev:


Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan hamkorlikda ushbu loyiha ikki bosqichda to`liq ishga tushiriladi. Uning birinchi boschiqi Yunesko tomonidan tan olingan 6 ta tilda shu yilning so`nggiga qadar yo`lga qo`yilsa, 2018 yilning 1 aprelidan tizim 12 ta tilda to`liq ishga tushiriladi.

Ta`kidlash joizki, bu Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ilk interaktiv xizmat emas, bunga qadar ham ko`plab loyihalar hayotga tadbiq etilgan.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi AKTni rivojlantirish boshqarmasi boshlig`i Baxodir Susarov:


E-Mehmonxona, Uzbekistan pass, Silk road kabi 11 dan ortiq interaktiv xizmatlarni ham joriy etganmiz. Kelajakda SMART turizmni rivojlantirish bo`yicha yana bir qancha elektron tizimlarni yaratish ham rejalashtirilgan.

Ushbu loyihaning o`ziga xos jihatlaridan yana biri shundaki, siz kiritgan QR kodlar dasturda saqlanib qolinadi hamda ma`lumotlarni yaqinlaringiz bilan ham bo`lishishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1