1

Aqliy salohiyatingizni susaytiruvchi 5 odat

SUG'DIYONA 07.02.2018, 10:30
Aqliy salohiyatingizni susaytiruvchi 5 odat

1.Bilmaganlarimizni «Google»dan so`rash. Albatta, sizni o`ylantirgan, qiziqtirgan va ayni paytda javobi zarur savolni shundoqqina internetga yozib, javobini zumda topish oson. Biroq ruhshunoslarning tadqiqotiga ko`ra, tez sur`atda internetdan olingan ma`lumot xotiramizga o`rnashib ham ulgurmas ekan. Shunday ekan, shoshmang, yaxshisi, bilimlaringizni uyg`otishga yoki kitob orqali izlab topishga harakat qiling.

2. Joningiz og`rib tursa ham ishlash! Fidoyilikmi bu yo ishga o`ta mukkasidan ketish — farqi yo`q. Avvalo, betoblikda ishda unum bo`lmaydi, zavqi hissi-ku begonalashadi va nimadir o`rgana olmaysiz. Kasalliklarni tik oyoqda engish ham salomatlikka, ham hayotiy quvvatga zarar. Anglaganingizdek, davolanib, keyin ishga chiqish darkor!

3. Muloqotdan qochish. Siz juda ishchansiz, hamkasblar bilan mundoq fikr almashish, gaplashishga vaqt sarflash — jinoyatdek gapmi? Bu bilan ishim tez, oson va vaqtida bitadi deb o`ylaysiz. Yangilishasiz, bora-bora o`z qobig`ingizga o`ralib qolasiz. Muloqot dunyoqarashni kengaytiradi, unutmang.

4. Hadeb telefonga qarayverish, internetga mo`ralayverish diqqatni jamlay olmaslik, qilayotgan ishingizga mehr bilan yondashmaslik, kam-kamdan, ammo ko`p vaqtni havoga sovurishga olib keladi. O`zingiz uchun tartib o`rnating, ya`ni vaqtni har bir narsaga alohida taqsimlang.

5. Yog`li va yarimtayyor eguliklar dangasalikka olib keladi. Xotirani sustlashtirishi, aqliy faoliyatga salbiy ta`sir ko`rsatishi, uyqu chaqirishi mehnat unumdorligini paysatirmay qolmaydi. Ish orasida mevalar eyishga odatlaning, yong`oqni ermak qiling, yog`li taomlar jonu dilingiz bo`lsa, ko`proq yog`li baliq go`shtini iste`mol qilishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1