1

O`zbekiston va Tojikiston Bosh prokuraturalari hamkorlik to`g`risida Bitim imzoladi

Siyosat 08.02.2018, 07:37
O`zbekiston va Tojikiston Bosh prokuraturalari hamkorlik to`g`risida Bitim imzoladi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.Murodov Tojikiston Respublikasi Bosh prokurori Yu.Rahmon boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatidan xabar qilinishicha, uchrashuvda tomonlar aniq mexanizmlarni joriy qilish yo`li bilan terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish hamda mintaqada xavfsizlik va huquq-tartibotni ta`minlash samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, delegasiya a`zolari Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Axborot-tahlil multimedia markazi, shuningdek, Bosh prokuraturaning Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta`minlash boshqarmasi hamda Qonuniylik va huquq-tartibotni ta`minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi faoliyati bilan tanishdilar.

Uchrashuv yakunida fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini ta`minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda chegara hududidagi prokuraturalarning o`zaro hamkorligi masalalarida huquqiy yordam va hamkorlik to`g`risida Bitim imzolandi.

Bitimni amalga oshirish bo`yicha aniq chora-tadbirlar haqida kelishuvlar belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1