1

Prezident “Suzuk ota” maqbarasini ziyorat qildi

Siyosat 09.02.2018, 19:01
Prezident “Suzuk ota” maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoev «Suzuk ota» maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Mamlakatimizda xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash, aziz avliyo va allomalar mangu qo`nim topgan maskanlarni obod qilishga katta e`tibor berilmoqda.

Davlatimiz rahbari 2017 yil 26 may kuni bu «Suzuk ota» majmuasida bo`lib, maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo`yicha topshiriqlar bergan edi. Shu asosda bu erda ulkan bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. Masjidning tarixiy binosi saqlab qolingan holda atrofi kengaytirilmoqda. 900 kishiga mo`ljallangan ayvon qurilmoqda. Shuningdek, hunarmandlar uchun ustaxonalar, avtoturargoh va boshqa inshootlar barpo etilmoqda. Qurilish ishlari joriy yilning 1 sentyabrida yakunlanishi mo`ljallangan.

Mazkur maskan ziyorati chog`ida o`tganlar xotirasi yodga olinib, Qur`on tilovat qilindi.

Prezidentimiz majmuadagi qurilish ishlarini ko`zdan kechirdi. Ziyoratchilar uchun qulayliklarni yanada oshirish, hududni obodonlashtirish bo`yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1