Bugungi kunda jahonda shaharsozlikning "high tech city", “smart city” yo`nalishlari ommalashmoqda. Rivojlangan davlatlarda shaharlar qurilishida yuqori texnologiyalardan keng foydalanilmoqda.
Poytaxtimizda ham Janubiy Koreya tajribasi asosida shunday mavze barpo etish mo`ljallanmoqda.

Prezidentimiz shu boradagi konsepsiya bilan tanishdi, janubiy koreyalik ishbilarmonlar bilan suhbatlashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.






