Shavkat Mirziyoev Sergeli tumanidagi yangi ko`p qavatli uylar qurilishi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari o`tgan yil noyabr oyida Sergeli tumanida foydalanishga topshirilgan ko`p qavatli yangi uy-joylar bilan tanishib, xonadon sohiblari bilan muloqot qilgan edi. Kelajakda quriladigan bu kabi uylarni yanada takomillashtirish bo`yicha tavsiya va topshiriqlar bergandi.
Prezident Sergeli tumanidagi yangi qo`p qavatli uy-joylar qurilishi bilan tanishdi.
Loyihaga asosan 7 va 9 qavatli 120 ta uy qurilishi boshlab yuborilgan. Uylar mamlakatda ishlab chiqarilgan qurilish materiallaridan zamonaviy qilib barpo etilmoqda. Shuningdek, maktablar, maktabgacha ta`lim muassasalari, dam olish joylari, poliklinikalar, bolalar maydonchalari, avtomobil turar joylari va boshqa infratuzilma ob`ektlari qurilishi ko`zda tutilgan.
Ushbu turar joylarni joriy yilning sentyabr oyida o`z egalariga topshirish rejalashtirilgan.
Mamlakatda uy-joylar qurilishi hajmi yildan yilga oshib bormoqda. Shu bois qurilish-pudrat tashkilotlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy bilim va malakaga ega mutaxassislar tayyorlashni kengaytirish zarur, dedi Shavkat Mirziyoev.
Muhandis va quruvchilar bilan muloqotda odamlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratish, maishiy xizmat ob`ektlarini uylarning birinchi qavatiga joylashtirish zarurligi qayd etildi.







